Kengash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (XIK) O‘zbekiston hukumati va O‘zbekistonda biznes yuritayotgan yoki mamlakatga investitsiya qilayotgan investorlar (shu jumladan, xalqaro moliya institutlari) o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchun institutsional platforma hisoblanadi.

XIK faoliyati investitsiyalarni jalb qilish va investorlar faoliyati yo‘lidagi asosiy to‘siqlarni aniqlash va tahlil qilish, davlat organlari bilan hamkorlikda ushbu to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qarorlarni ishlab chiqish, O‘zbekistonda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini ta’minlashga qaratilgan. Kengashning vazifalari PQ-4519-son qarorning 1-ilovasida batafsil bayon etilgan.

QAROR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4519-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti XIK raisi hisoblanadi.

YETTB prezidenti XIKning hamraisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti hamraisligi ostida XIKning yalpi majlisi yilda bir marta o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri rahbarligida oraliq sessiya yiliga kamida ikki marta o‘tkaziladi.

© 2024 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi