Hukumatning bank sektoridagi xususiy tijorat banklarining ulushini hozirgi 15 foizdan 2025-yilga qadar 60 foizga oshirish majburiyatini hisobga olgan holda, moliya sektori va bank ishi bo‘yicha ishchi guruhning asosiy e’tibori quyidagi beshta yo‘nalishga qaratiladi:
- M&A bitimlariga ko‘maklashish (qo‘shib yuborish va yutib yuborish)
- moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish
- kapital bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
- bank xizmatlarining maxfiyligini oshirish
- moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish
Ushbu ishchi guruhda muhokama qilish uchun quyidagi yo‘nalishlar taklif etiladi (ular bilan cheklanmasdan):
- O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish
- Kredit risklarini xedjirlash uchun yangi moliyaviy vositalarni joriy etish
- Mintaqaviy transchegaraviy to‘lovlar (to‘lov tizimlari) va savdoni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish
- Kapitalning ichki va tashqi amnistiyasi
- Davlat banklarini xususiylashtirish