Ishchi guruhning maqsadi O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sohasida g‘oyalar, ilg‘or tajriba va bilimlar almashishga ko‘maklashish, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida va biznes uchun davlat xizmatlarini raqamlashtirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, AKT sektori uchun qulay muhit yaratish va kiberxavfsizlikni oshirish bilan bog‘liq mavzularni muhokama qilishdan iborat.
Ushbu ishchi guruhida muhokama qilish uchun quyidagi sohalar taklif etiladi (ular bilan cheklanmasdan):
- Gov-tech loyihalarini amalga oshirish
- IT-ta’lim
- AdTech xizmatlari
- Katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt texnologiyalari
- Kiberxavfsizlik
- Kengaytirilgan ulanish imkoniyatlari
- Web3
- Yangi avlod dasturiy ta’minotini ishlab chiqish
- Sanoat 4.0