Energetika sektori bo‘yicha ishchi guruhi uchrashuvi

Xorijiy investorlar kengashining Energetika sektori boyicha ishchi guruhi uchrashuvi

Xorijiy investorlar kengashining (XIK) 4-oraliq yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha XIK Kotibiyati Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) bilan birgalikda investorlar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va ISSV takliflari asosida Yo‘l xaritasi hamda ma’ruza matni tayyorladi. Tegishli vazirlik va idoralarga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi. Ular orasida energetika sektori bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun XIK huzurida maxsus ishchi guruh tuzish ham belgilangan. 

2025-yil 23-yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining «Buxoro» zalida XIK huzuridagi Energetika sektori bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro energetika kompaniyalari, yuridik va professional firmalar, shuningdek, biznes-assotsiatsiyalarning yuqori martabali vakillari O‘zbekiston energetika sohasi oldida turgan imkoniyatlar va dolzarb muammolarni muhokama qilish uchun to’plandilar.  

Ishtirokchilar turli xil kechikish va tushunmovchiliklarning oldini olish uchun davlat tuzilmalari bilan muloqotni yaxshilash muhimligini ta’kidladilar. Ular, shuningdek, energetika to‘g‘risidagi yangi qonunda, ayniqsa, litsenziya to‘lovlari va aksiyalarga egalik qilish qoidalariga nisbatan aniqroq ko‘rsatmalar berishga chaqirdilar va tegishli tartibga soluvchi organlar bilan tez-tez va konstruktiv o‘zaro hamkorlik noaniq vaziyatlarni hal qilishga yordam berishi mumkinligini ta’kidladilar.  

Mahalliylashtirish talablari bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan imkoniyat va muammolar muhokama qilindi. Investorlarning ta’kidlashicha, mahalliy manbalardan foydalanish iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi mumkin bo‘lsa-da, mahalliy yetkazib beruvchilarning xarajatlari, sifati va cheklangan barqaror moliyalashtirish bo‘yicha xavotirlar mavjud. Mahalliylashtirishga bosqichma-bosqich yondashish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish taklif qilindi. 

Uglerod kreditlari va dekarbonizatsiya tashabbuslari muhim o‘rin egalladi, shu bilan birga investorlar monetizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga va bozor narxini shakllantirishni qabul qilishga chaqirdilar. Yana bir muhim mavzulardan bir – elektr uzatish infratuzilmasining holati ham muokama qilindi, chunki kompaniyalar tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyatining yetarli emasligi va uzoq muddatli bosh rejalashtirishdagi noaniqliklar tufayli tez-tez kechikishlarga duch kelishadi. Takliflar loyihalarni rejalashtirishni kuchaytirish uchun xalqaro maslahatchilar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oldi. Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistonda gidroenergetikani uzoq muddatli rivojlantirishning aniq strategiyasini ishlab chiqish muhimligini ta’kidlab, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish imkoniyatlarini qayd etdilar. 

Ekologik tartibga solish, yerdan foydalanish siyosati va yer solig‘ini oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada oshirish ham dolzarb mavzularga aylandi. Ishtirokchilar loyihalarni amalga oshirishni yaxshilash uchun qonunchilikda va soliqlarni hisoblashning yanada aniqroq usullariga chaqirdilar. Ular hukumat investorlarning muammolarini hal qilishga tayyorligini, shuningdek, qayta tiklanadigan energetika korxonalari uchun yangi soliq ta’tillarini, va  ushbu rag‘batlantirishlarni qo‘llash bo‘yicha aniqroq ko‘rsatmalar zarurligini ta’kidladilar. 

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar davlat manfaatdor tomonlari uchun ustuvor muhim masalalar ro‘yxatini tuzish, navbatdagi uchrashuvni 2025-yil fevral oyiga rejalashtirish va tartibga soluvchi organlar vakillarini kelgusi majlislarga taklif qilishni o‘z ichiga olgan harakatlar rejasini kelishib oldilar.  


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

© 2024 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi